Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi
Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan kitobxon klub a'zolari bilan birgalikda "Mutafakkirning bildirgan fikrlari" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida TAKM xodimi M.Ayasova qatnashchilarga Beruniyning hayoti va ijodi haqida ma'lumot berib, Beruniyning "Ruhiyat va ta'lim-tarbiya haqida" nomli asari haqida qisqacha fikr bildirib o'tdi hamda "Ushbu asar o'rta asrda yashab, ijod etgan buyuk alloma Beruniyning hayoti va ilmiy faoliyati, ruhiyat va tarbiya to'g'risidagi fanlarga doir qarashlarga bag'ishlangan. Buyuk mutafakkirning o'rta asr sharoitida bildirgan fikrlari hozr ham inobatdadir" deya qo'shimcha qildi.