Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
- Axborot-kutubxona sohasi bo‘yicha hisobot, statistik va boshqa ma’lumotlarni tayyorlash hamda belgilangan muddatlarda taqdim etish;
- Axborot-kutubxona fondini milliy va xorijiy nashrlar hamda zamonaviy axborot resurslari bilan muntazam to‘ldirib borish;
- Foydalanuvchilarga sifatli va qulay axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- Elektron katalog va yagona axborot-resurslar bazasini shakllantirish hamda undan masofadan foydalanish imkoniyatini yaratish;
- Kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida kitob ko‘rgazmalari, taqdimotlar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish;
- Kutubxona faoliyati va yangiliklarini rasmiy veb-sayt hamda boshqa axborot kanallarida keng yoritib borish;
- Foydalanuvchilarga skanerlash, chop etish, tarjima, kompyuter va boshqa qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish;
- Imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga maxsus axborot-kutubxona xizmatlarini tashkil etish;
- Axborot-kutubxona fondini hisobga olish, saqlash, joylashtirish va undan samarali foydalanishni ta’minlash;
- Elektron resurslarning axborot xavfsizligini ta’minlash va fondni belgilangan tartibda muhofaza qilish;
- Markaz xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish;
- Markazning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va aholiga xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash;
- Amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq boshqa sohaviy vazifalarni amalga oshirish.