• forish_akm@natlib.uz
  • +998 99 660 45 04
  • Jizzax viloyati Forish tumani Axborot-kutubxona markazi
  • O'zbek
  • Русский
  • English
Forish tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Bosh sahifa
  • Kutubxona haqida
    • Rahbariyat
    • Kutubxona tarixi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
    • AKM jamg'armasi
  • Kutubxona bo’limlari
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati AKT
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
    • Me'yoriy hujjatlar
    • Elektron kutubxona
    • Yangiliklar
    • Ish tartibi
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
  • E'lonlar
  • Telegram BOT

E'lonlar


📣#Eʻlon📣

🏛O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27 dekabrdagi "2025 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi" 490-son buyrug‘iga asosan, joriy yilning 10-14-noyabr kunlari "INFOLIB-O‘zbekiston 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.                 Shu munosabat bilan, Forish tuman  axborot-kutubxona markazida haftalik doirasida axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari va foydalanuvchilar uchun turli tadbirlar 

🏅Tanlovlar, 

🎤Davra suhbatlari, 

📖Kitob ko‘rgazmalari,

🎥Videoroliklar, 

📌Uchrashuvlar, 

📚Kitob taqdimotlari tashkil qilinadi.

🏛Barcha kitobxonlarni haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlaga taklif etamiz.

 

📣Forish  tuman  axborot - kutubxona markazi Siz aziz kitobxonlarni kutib qoladi.

 

 

📣 E’LON 📣

Forish tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan joriy yilning 11-oktabr kuni "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni bilimli, yetuk va tashabbuskor etib tarbiyalash maqsadida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar davomida yosh qizlar o‘z iste’dodini namoyon etish, fikr almashish hamda o‘z tengdoshlari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌺

✨ Hurmatli qizlar!

Kelajagimiz bunyodkorlari sifatida sizni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz! Birgalikda bilim, go‘zallik va ezgulikni ulug‘laylik! 💫

 

 

 

📣 E’LON 📣

🏛 Forish tuman axborot-kutubxona markazida 2025-yil 2–12-sentabr kunlari “Kitob va mutolaa haftaligi” bo‘lib o‘tadi.

   Haftalik doirasida:

✨ Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,

📖 Yangi adabiyotlar taqdimoti,

📚 Yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi,

🚶‍♂️ Ekskursiyalar tashkil etiladi.

 

🤝 Barchangizni “Kitob va mutolaa haftaligi”ga taklif etamiz!





E’LON

✅ Joriy yilning 4–8-avgust kunlari Forish tumanidagi axborot-kutubxona markazida “Bibliografiya haftaligi” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Haftalik doirasida quyidagi faoliyatlar amalga oshiriladi
👇🏻👇🏻👇🏻

🎬 “Mening tumanim: Kecha va bugun” mavzusida qisqa videorolik tayyorlash,

🎥 Hududdagi mashhur shaxslarga bag‘ishlab buktreyler ishlab chiqish,

📄 1 ta bibliografik tahlil yaratish,

📝 Kartoteka yozish uslublari bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazish,

📰 “Matbuot Solnomasi”ni tayyorlash,

📌 Tuman kutubxona markazlarining axborot-bibliografiya bo‘limlari tomonidan birinchi yarim yillikda tayyorlangan eslatma va yo‘l ko‘rsatkichlarni qayta ko‘rib chiqish,

 

📖 Test savollari asosida bibliografiya bo‘limi xodimlarining malakasini baholash kabi yo‘nalishlarda ishlar olib boriladi.

 

 

E’LON

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qaroriga asosan joriy yilning 21-27-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida hamda uning tassrufidagi barcha axborot-kutubxona markazlarida shu jumladan Forish tuman axborot-kutubxona markazida ham “O'zbekiston - kitobxonlar yurti” V-Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo'lib o'tadi.

 

 

 

“INFOLIB OʻZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi

E'LON 📚 Forish tuman axborot- kutubxona markazlarida 21-25-oktyabr kunlari “INFOLIB OʻZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi bo'lib o'tadi. 🔹 Haftalik doirasida Adabiy-musiqiy kecha, Ma’naviy va Ma'rifiy tadbirlar,seminarlar, yangi adabiyotlar ko'rgazmasi hamda davra suhbatlari o'tkazilishini ma'lum qilamiz. ✅ Haftalikka tumanimizdagi barcha kitobxon aholi va yoshlarimizni taklif qilamiz!

 

 

 

Hurmatli kitobxonlar sizlarni 23-28-sentabrga qadar Forish tuman axborot-kutubxona markazida bo'lib o'tadigan "Axborot-texnologiyalar" hafataligiga taklif etamiz.

 

 

“Central Asia – 2024: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII xalqaro konferensiya 14-15-may kunlari Samarqandda hamda 16-18-may kunlari Jizzaxda “Xalqaro hamdo’stlik Forumi: hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusida III Forumi o’z ishini boshlaydi. 

 

 

 

 

 

 

DIQQAT E'LON!

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Sh.Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 2024-yilning 22-26-aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari o'tkazilishini ma’lum qilamiz.

Forish tumani Axborot-kutubxona markazi
+998 99 660 45 04 forish_akm@natlib.uz

Forish tumani Fidokorlar ko`chasi 2 -uy

Biz soat 09:00 dan 18:00 gacha ishlaymiz

Bosh sahifa
Kutubxona haqida
  • Rahbariyat
  • Kutubxona tarixi
  • Tuzilma
  • O‘quv zallar
  • AKM jamg'armasi
Kutubxona bo’limlari
  • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati AKT
  • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
  • Axborot-bibliografiya xizmati
  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
Kutubxona faoliyati
  • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
  • Me'yoriy hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Yangiliklar
  • Ish tartibi
  • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
E'lonlar
Telegram BOT
© Copyright 2023-2025 — Jizzax viloyati Forish tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan