Adabiy musiqiy kecha
✅25-aprel kuni Forish tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Forish tuman bo‘limi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, 1-umumta’lim maktabi hamda Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan “Xalq suygan shoir” nomli adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi.
📌Tadbirda Muhammad Yusufning hayoti va ijodi, Vatanga muhabbat va insoniylik ruhidagi she’rlari haqida ma’lumot berildi. O‘quvchilar tomonidan shoir she’rlari ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
❇️Shuningdek, shoir ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, ishtirokchilar asarlar bilan yaqindan tanishdilar. Adabiy-musiqiy kecha yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, ona yurtga muhabbat va kitobxonlikka qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
