Adabiy musiqiy kecha
Forish tuman 1-umumta’lim maktabi hamda Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yosh avlod qalbida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, milliy qadriyatlarga hurmat va san’atga mehr uyg‘otish maqsadida “Yosh qalblar taronasi” nomli adabiy-musiqali kecha tashkil etildi.
📌Mazkur tadbirda o‘quvchilar tomonidan turli milliy raqslar namoyish etildi, she’rlar va kuy-qo‘shiqlar ijro qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining iste’dod va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar.
📌Tadbir yakunida faol qatnashgan o‘quvchilarga minnatdorchilik bildirilib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
