Adabiy musiqiy kecha
✅ Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamda Forish tuman 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligida "1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni” nomli adabiy-musiqali kecha tashkil etildi.
📌Bayram tadbiri davomida jajji ishtirokchilar tomonidan bolalik, tinchlik, Vatan mavzulariga bag‘ishlangan she’rlar mahorat bilan yoddan aytildi. Bolalar o‘zlarining quvnoq va mazmunli chiqishlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
📌Shuningdek, tadbir davomida bolajonlar tomonidan tayyorlangan rang-barang raqslar namoyish etildi. Milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida ijro etilgan raqslar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Jajji ishtirokchilarning sahnadagi erkin va samimiy chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
