Adabiy musiqiy kecha
📚 14-oktabr kuni 1-umumta’lim maktabi hamda Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “So‘z san’atining zabardast namoyandasi ” nomli adabiy-musiqali kecha tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida o‘quvchilarga adibning hayoti va ijodiy faoliyati milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida ma’lumotlar berildi. Yozuvchining sermazmun hayot yo‘li, ijodiy izlanishlari va asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, vatanparvarlik, halollik hamda ezgulik g‘oyalari haqida atroflicha so‘z yuritildi.
🎤 Adabiy-musiqali kechada o‘quvchilar tomonidan Odil Yoqubovning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, asarlaridan parchalar hamda adib ijodiga bag‘ishlangan she’rlar taqdim etildi. Axborot kutubxona markazi tomonidan Odil Yoqubov hayoti va ijodiga bag'ishlangan videorolik hamda kitob ko'rgazmasi ham namoyish etildi.
