Adabiy musiqiy kecha
📚 16-oktabr kuni 1-umumta’lim maktabi hamda Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Tilga e’tibor — elga e’tibor” nomli adabiy-musiqali kecha tashkil etildi.
✨ Tadbir davomida o‘quvchilarga o‘zbek tilining tarixi, boy va betakror lug‘at boyligi, milliy qadriyatlarimiz hamda xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash, adabiy til me’yorlariga rioya qilish va yosh avlod qalbida ona tiliga bo‘lgan mehr-muhabbatni yanada mustahkamlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
🎤 Adabiy-musiqali kecha davomida o‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar ifodali o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi hamda milliy raqslar namoyish qilindi. O‘quvchilarning chiqishlari tadbirga o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
