Adabiy_musiqiy_kecha
30-sentabr kuni Forish tuman Barkamol avlod bolalar maktabi hamda tuman axborot-kutubxona markazi birgalikda 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan adabiy musiqiy kecha bo'lib o'tdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar, qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.