Adabiy_musiqiy_kecha
📚Forish tuman Barkamol avlod bolalar maktabi hamda Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Ona tilim — jonu dilim” nomli adabiy-musiqali kecha tashkil etildi.
📖 Tadbirning maqsadi yosh avlod qalbida ona tilimizga muhabbat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, o‘zbek tili boy til ekanligini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
🎤 Tadbir davomida Barkamol avlod maktabining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan she’rxonlik chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, aytishuvlar, kuy va qo‘shiqlar namoyish etildi.