Adabiy musiqiy kecha
14-fevral kuni 33-umumta'lim maktabi hamda Forish tuman axborot kutubxona markazi birgalikda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavaliud sanalariga bag'ishlab “Ikki buyuk mutafakkir" nomli adabiy-musiqiy kecha hamda rasmlar tanlovi tashkil etildi.
📌Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida milliy adabiyotimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirish, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Adabiy-musiqiy kecha davomida o‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridan g‘azal va ruboiylar ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
✅Shuningdek, tadbir doirasida o‘tkazilgan rasmlar tanlovida yosh o‘quvchilar faol ishtirok etib, buyuk mutafakkirlarning hayoti, ijodi va asarlaridan ilhomlanib chizilgan ijodiy ishlari bilan qatnashdilar.
