Adabiy musiqiy kecha
14-fevral kuni 55-umumta'lim maktabi hamda Forish tuman axborot kutubxona markazi birgalikda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan "Bobur merosi — millat faxri" nomli adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi.
📌Kecha davomida Boburning hayoti va ijodiga oid sahna ko‘rinishlari, tarixiy lavhalar namoyish etildi. O‘quvchilar tomonidan shoirning g‘azal va ruboiylari ifodali o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar orqali Bobur siymosi badiiy tarzda yoritib berildi.
✅Tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirgan ushbu adabiy-musiqiy kecha yosh avlodni ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi. Kecha yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar va tashkilotchilarga minnatdorlik bildirildi.
