"Alisher Navoiy merosi millatimiz xazinasi"
Forish tuman axborot-kutubxona markazi, tuman Ma'naviyat markazi hamda 1-umumta'lim maktab kitobxonlari bilan birgalikda buyuk mutafakkir, shoir, so'z mulikining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan "Alisher Navoiy merosi millatimiz xazinasi" nomli adabiy kecha tashkil qilindi. Tadbirda tuman Ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha hokim o'rinbosari N.Soliyev hamda TAKM xodimi M.Ayasova, O'zbekiston mahallasi ma'naviy targ'ibotchisi Z.Umirova hamda 1-umumta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi B.Bo'ltakova qatnashchilarga Navoiy bizga qoldirgan buyuk meroslari haqida ma'lumot berib o'tdi. 1-umumta'lim maktab o'quvchilari o'zlari tayyorlab kelgan sahna ko'rinishlari hamda yod olgan g'azallari bilan ishtirok etdilar.