Assalom Navro'z
🌸 Assalom Navro‘z 🌸
📅 22-mart kuni Forish tumani boʻylab qadimiy va ulugʻ bayram — Navroʻz ayyomi keng nishonlandi. Ushbu ayyom xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va anʼanalarini oʻzida mujassam etgan muqaddas bayramdir.
🌿 Navroʻz — yangilanish, poklanish va mehr-oqibat ramzi boʻlib, bu kunlarda insonlar bir-biriga ezgu tilaklar bildirib, mehr-muruvvat ko‘rsatdilar.
📚 Bayram doirasida Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, kitobxonlar uchun boy ma’naviy muhit yaratildi.
🎉 Shuningdek, sayillar, madaniy tadbirlar, konsert dasturlari hamda milliy oʻyinlar bayramga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
🌿Navroʻz — xalqimizning birdamligi, totuvligi va mehr-oqibatini ifoda etuvchi muqaddas bayramdir. Ushbu ayyom har bir xonadonga quvonch, fayz va baraka olib keldi.
