Axborot kuni
27-mart kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Foydalanuvchilarga xizmat ko'rsartish xizmat rahbari xotin-qizlar faoli M.Ayasova tomonidan markazda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirokida suhbat tashkil etildi. Mazkur suhbat davomida markazda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga odob-axloq qoidalari, axloqiy mezonlar, xushmuomalalik va kasb madaniyati, kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlarni shirin so‘z bilan kutib olish, ularni yuksak hurmat va ehtirom bilan qarshi olish zarurligi haqida kutubxonaning xotin-qizlar faoli tomonidan tushuntirish berildi.
