Bu_qiziq
⚡️ Kuniga atigi 6 daqiqa kitob o'qish stressni qanday yo'q qiladi?
Sasseks universiteti olimlari o'tkazgan tadqiqotlarga ko'ra, kitob o'qish inson organizmidagi stress darajasini 68% gacha kamaytirar ekan. Bu ko'rsatkich hatto tinchlantiruvchi musiqa tinglash yoki piyoda sayr qilishdan ham yuqoriroq natija bergan!
Kitob o'qiyotganda miya diqqatni to'liq syujetga qaratadi va tana mushaklaridagi zo'riqish sekin-asta tarqalib ketadi. Demak, ishdan keyingi charchoqni chiqarishning eng zo'r dorisi — bu sevimli kitob sahifalarini varaqlashdir.
☕️ Bugun qaysi kitobni o'qishni rejalashtirdingiz?
