Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni
23-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonometlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan faol kitobxonlar o'rtasida 26-iyun "Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan "Sog‘lom hayot sari birgalikda" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar ongida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushunchani shakllantirish va bu illatga qarshi kurashda birdamlik muhimligini yoritishdir.