Buvijonim o'gitlari
#Axborot_texnologiyalari
9-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan "Farovon oila sari" shiori ostida Amir Temur MFY Oqbuloq qishlog'ida yashovchi Sanayeva Oytosh oila a'zolari o'rtasida "Buvijonim o'gitlari" mavzusida oilaviy, milliy qadryatlarni ulug'lashga qaratilgan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv davomida Oytash aya o'z hayot yo'llari davomida qiyinchiliklarga qaramay o'z farzandlarini halol mehnat bilan voyaga yetkazdi. Oytash aya o'z nabiralariga to'g'ri tarbiya hamda o'gitlari bilan yo'l ko'rsatib kelmoqda. Hozrgi vaqtda jonkuyar ona, uch farzand va to'rt nabitaning buvisi. Oytosh aya oila davrasida shunday umrguzaronlik qilmoqda.