"Buyuk sevgi armoni" nomli davra suhbati"
Forish tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tavalludining 80 yilligiga atab "Buyuk sevgi armoni" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida TAKM xodimi M.Ayasova hamda 1-umumta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Belnora Bo'ltakova kitobxonlarga shoir haqida ma'lumot berdilar.