"Davra suhbati"
“INFOLIB O’ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot- kutubxona haftaligi va “Yangi O’zbekiston kutubxonachilari-yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!” Yosh kutubxonachilar IV forumi doirasida Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan faol kitobxonlar o'rtasida ma’rifatparvar shoir, dramaturg, adabiyotshunos va zabardast tarjimon Maqsud Shayxzoda tavalludining 115-yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi.