Davra suhbati
📚 Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 22-sentabr kuni 33-umumta'lim maktabining faol kitobxonlari ishtirokida "Milliy libosimiz - Millat g'ururimiz" mavzusida qiziqarli davra suhbati tashkil etildi.
📌Suhbat davomida o‘quvchilar milliy liboslarning zamonaviy hayotimizdagi o‘rni, ularni qadrlash va kelajak avlodga yetkazish masalalari haqida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, liboslarning qadimiylik va milliylikni o‘zida mujassam etib, insonda faxr va g‘urur tuyg‘usini uyg‘otishi alohida ta’kidlandi.
✨ Ushbu davra suhbati yoshlarda milliy merosga hurmat, o‘zligini anglash va milliy qadriyatlarni qadrlash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
