Davra suhbati
📚29-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan faol kitoblar o'rtasida 1-oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan "Ustozlarni qadrlaydigan yurt" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
📌 Mazkur suhbat orqali ishtirokchilar ustozlarga bo‘lgan hurmat va minnatdorchilik tuyg‘ularini yanada chuqurroq his qilishdi. Shuningdek, faol kitoblar a’zolariga ushbu ulug‘ kasb egalarini qadrlash va ularning mashaqqatli mehnatini e’zozlash insoniy burch ekanligi haqida muhim xulosalar berildi.