Davra suhbati
📚30-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan faol kitobxonlar o'rtasida "Kitoblar ma'naviy boyligimiz" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
📌Tadbir davomida kitobxonlik madaniyati, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda kitoblarning o‘rni, kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
❇️ Ushbu davra suhbati kitobxonlar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirish, ularni mutolaa jarayoniga faol jalb etish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni boyitishga xizmat qiladi.