Davra suhbati
📚 3-oktabr kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan faol kitobxonlar o‘rtasida “Millat fidoyilari” kitobi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlar asarda yoritilgan tarixiy voqealar, millat ozodligi va mustaqilligi yo‘lida fidokorona kurash olib borgan ajdodlarimizning jasorati haqida fikr almashdilar.
❇️ Davra suhbati davomida yosh avlodni tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda bunday asarlarning ahamiyati keng yoritib berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida tavsiyalar berildi.