Davra suhbati
📚9-oktabr kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan faol kitobxonlar o'rtasida “Kitob – eng yaqin do‘stimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning maqsadi – kichik yoshdagi bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularning tasavvurlarini kengaytirish va kitobga mehr uyg‘otishdan iborat.
❇️Davra suhbatida kutubxona xodimlari o‘quvchilarga kitobning o‘rni, foydasi va ahamiyati haqida so‘zlab berishdi. “Kitob – bilim kaliti, aql chirog‘i” ekani, uni o‘qigan bola har doim bilimli, dono va odobli bo‘lishi ta’kidlandi.