Davra suhbati
10-oktabr kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 12-umumta’lim maktabining faol kitobxon qizlari ishtirokida 11-oktabr – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan mashhur bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Qiz bolaga tosh otmang” asari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida ishtirokchilar yozuvchining hayoti va ijodi bilan tanishdilar, “Qiz bolaga tosh otmang” asaridagi qahramonlar xarakteri, asarda ilgari surilgan g‘oyalar, hayotiy saboqlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.