Davra suhbati
📅 30-oktabr kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markazining Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan “Kitobsevar millat” shiori ostida faol kitobxonlar o‘rtasida “Kitob — inson hayot yo‘lini yorituvchi shamchiroq” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📖 Suhbat davomida ishtirokchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning qadri va ahamiyati, shuningdek, mutolaa madaniyatini yuksaltirishning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Tadbirda kitob o‘qish orqali inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviyati boyishi, bilim darajasi yuksalishi haqida fikrlar bildirildi.
