Davra suhbati
17-noyabr kuni Forish tuman 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda Forish tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati birgalikda faol kitobxonlar o'rtasida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34-yilligi munosabati bilan "Bayrog'im faxrim" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbat davomida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi B.Bo'ltakova o'quvchilarga bayroq bu shunchaki ramz emas, balki xalqning o‘zligi, g‘ururi va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsol ekanini ta’kidladi.
