Davra suhbati
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan 1-umumta'lim maktabi hamda Forish tuman Axborot-kutubxona markazi birgalikda faol kitobxonlar o'rtasida "Hilpirayver_yurtim_bayrog'i" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
📌Tadbir davomida davlat ramzlarining yaratilish tarixi, ularning mustaqil O‘zbekiston hayotidagi o‘rni va yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar bayrog‘imizdagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqarli savol-javoblarda faol ishtirok etishdi.
