Davra suhbati
✅ 26-noyabr kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati Forish tuman 33-umumta'lim maktab o'qituvchilari bilan hamkorlikda faol kitobxonlar o'rtasida “Kitobsevar millat” shiori ostida O'zbekiston Xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning "Onaizor" asari yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.
📌Davra suhbat davomida ishtirokchilar Odil Yoqubovning “Onaizor” asarida ko‘tarilgan ona mehrining ulug‘ligi, vatanparvarlik, insoniylik, sabr va matonat kabi g‘oyalar yuzasidan fikr almashdilar. Asarda tasvirlangan hayotiy voqealar, qahramonlarning ruhiy kechinmalari hamda muallifning o‘ziga xos badiiy uslubi haqida o‘qituvchilar va faol kitobxonlar tomonidan qiziqarli ma'lumotlar bildirildi.
