Davra suhbati
10-dekabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmat tomonidan "Kitobxonlar klubi" a'zolari o'rtasida Iste’dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon tavalludiga atab davra suhbati tashkil qilindi.
📌Davra suhbat davomida kutubxona xodimi tomonidan kitobxonlarga Hamid Olimjonning boy ijodiy merosi, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning she’riyatidagi badiiy hamda dramaturgiya yo‘nalishidagi yutuqlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
