Davra suhbati
10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan, Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan Barkamol avlod bolalar maktabining to‘garak ishtirokchilari o‘rtasida “Madhiyam” nomli davra suhbati tashkil qilindi.
📌 Davra suhbati davomida ishtirokchilarga kutubxona xodimi tomonidan Davlat madhiyasining yaratilish tarixi, uning mualliflari — atoqli shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov haqida qiziqarli ma’lumotlar yetkazildi. O‘quvchilar madhiyaning mazmun-mohiyati, unda aks etgan vatanparvarlik va yurtga muhabbat tuyg‘ularini chuqurroq anglab olishdi.
✨ Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar yurt madhiyasiga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom ifodasi sifatida Davlat madhiyasini birgalikda ko‘tarinki ruhda ijro etdilar.
