Davra suhbati
📚14-yanvar kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati hamda 1-umumta'lim maktabining kutubxona xodimi bilan birgalikda faol kitobxonlar o'rtasida Asqad Muxtorning "Chinor" asari yuzasidan davra suhbat tashkil qilindi.
📌Davra suhbat davomida asarning mazmun-mohiyati, unda ko‘tarilgan dolzarb mavzular, insoniy fazilatlar va hayotiy saboqlar yuzasidan ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Faol kitobxonlar “Chinor” asaridagi obrazlar tahlili orqali do‘stlik, sadoqat, mehnatsevarlik va vatanparvarlik kabi tushunchalar haqida bahs-munozara olib bordilar.
