Davra suhbati
📚19-yanvar kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati hamda 1-umumta'lim maktabining kutubxona xodimi bilan birgalikda "Kitobxonlar klubi" a'zolari o'rtasida O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari yuzasidan davra suhbat tashkil qilindi.
📌Davra suhbat davomida asarning mazmun-mohiyati, undagi hayotiy voqealar va chuqur falsafiy g‘oyalar atroflicha muhokama qilindi. O‘tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari” asarida oddiy inson hayoti, ona siymosi, mehr-oqibat, sabr-qanoat va insoniylik kabi umuminsoniy qadriyatlarni nihoyatda ta’sirchan tarzda yoritgani ta’kidlandi.
