Davra suhbati
📚21-yanvar kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati hamda 33-umumta'lim maktabining kutubxona xodimi bilan birgalikda faol kitobxonlar o'rtasida O'zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtorning "Chinor" asari yuzasidan davra suhbat tashkil qilindi.
📌Davra suhbat davomida asarning mazmun-mohiyati, undagi hayotiy voqealar va chuqur falsafiy g‘oyalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, “Chinor” asarida inson umrining mazmuni, vaqt va umrning qadr-qimmati, ota-bobolar xotirasiga hurmat, tabiat va inson o‘rtasidagi uzviy bog‘liqliklar haqida suhbatlashildi.
