Davra suhbati
📚26-yanvar kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati hamda 1-umumta'lim maktabi o'qituvchisi bilan birgalikda faol kitobxonlar o'rtasida “Kitob – tafakkur va kelajak kaliti” mavzusida davra suhbat tashkil qilindi.
📌Davra suhbati davomida kitobning inson tafakkuri va kelajak hayotidagi o‘rni haqida fikrlar aytildi. Suhbat jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, sevimli kitoblari haqida fikr bildirdilar, bu esa ularda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi..
