Davra_suhbati
📚29-yanvar kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati hamda 1-umumta'lim maktabi o'qituvchisi bilan birgalikda Kitobxonlar klubi a'zolari o'rtasida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov xotirasiga bag'ishlab davra suhbati tashkil qilindi.
📌Davra suhbati davomida kutubxona xodimi tomonidan o‘quvchilarga slayd-taqdimotlar namoyish etildi. Taqdimotlar orqali Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning hayoti, siyosiy faoliyati, mustaqil Oʻzbekistonni barpo etishdagi beqiyos xizmatlari, shuningdek, uning asarlari va ilgari surgan gʻoyalari haqida ma’lumotlar berildi.
