Davra suhbati
📚30-yanvar kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati hamda Forish tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda “Huquqiy ong sari yana bir odim” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌 Tadbir davomida inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning o‘z huquq va majburiyatlarini anglab yetishi, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan huquqiy normalar haqida ma’lumotlar berildi.
