Davra suhbati
📚3-fevral kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan faol kitobxonlar o‘rtasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod tavalludiga atab “Buyuk yozuvchi” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌 Davra suhbat davomida kutubxona xodimi tomonidan buyuk adibning hayoti, ijodiy yo‘li va o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, uning mashhur “Yulduzlar mangu yonadi”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Ot kishnagan oqshom” kabi asarlari yoritildi. Faol ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirib, Tog‘ay Murod ijodining bugungi yosh avlod uchun ahamiyatini ta’kidladilar.
