Davra suhbati
5-fevral kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan faol kitobxonlar o‘rtasida "Mutolaa sari bir qadam" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
📌Davra suhbati davomida kutubxona xodimi o‘quvchilarni kitob mutolaasiga yanada qiziqtirish maqsadida turli tavsiyalar berib, yangi adabiyotlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etdi.
