Davra suhbati
Har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” hamda 2026-yil 15-fevraldan 15-martgacha “Ayollarni e’zozlash” oyligi munosabati bilan 17-fevral kuni Forish tuman Bog'don mahallasining xotin-qizlari o'rtasida "Ayolga ehtirom - Millatga ehtirom" nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌Davra suhbati davomida ayolning oiladagi, jamiyatdagi va mahalla hayotidagi o‘rni, uning farzand tarbiyasidagi beqiyos hissasi haqida suhbatlashildi. Tadbirda kutubxona xodimi “Ayolga ehtirom – millatga ehtirom” degan ezgu g‘oya har bir jamiyat taraqqiyotining asosi ekanini alohida ta’kidladi.
✅Suhbat jarayonida faol kitobxon onalar so‘zga chiqib, o‘z hayotiy tajribalari, farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rni va ahamiyati haqida fikrlar bildirdilar.
