Davra suhbati
2026-yil 15-fevraldan 15-martgacha “Ayollarni e’zozlash” oyligi munosabati bilan 23-fevral kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markazida xodimlar hamda o'quvchi qizlar o'rtasida "Ayolga ehtirom - Millatga ehtirom" nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌Davra suhbati davomida ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni, uning ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi beqiyos hissasi, shuningdek, bugungi kunda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida so'zlashildi.
✅Shuningdek, qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning orzu-maqsadlari, kelajak rejalari haqida suhbatlashildi.
