Davra suhbati
✅ 24-fevral kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
📌Mazkur tadbirning asosiy maqsadi kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, mutolaaning inson ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada kengroq ochib berishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbatida ishtirokchilarga kutubxona fondiga yangi kelib tushgan zamonaviy va badiiy adabiyotlar, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi kitoblar haqida batafsil ma’lumot berildi.
❇️Tadbir davomida FVB xodimlari o‘zlari qiziqadigan va sevib o‘qiydigan turli janrdagi adabiyotlar bilan tanishdilar, mutolaa borasidagi shaxsiy fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
