Davra suhbati
📚27-fevral kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan Forish tuman Iqtisoslashgan maktabining faol kitobxonlari o'rtasida "Kitob ma'naviy boyligimiz" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
📌Davra suhbati davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning ma’naviy kamolot va tafakkur rivojidagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Tadbirda so‘z olgan Kutubxona xodimi kitob mutolaasi yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishi, nutq madaniyatini oshirishi hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishini alohida ta’kidladilar.
