Davra suhbati
📚10-mart kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan 1-umumta'lim maktabining faol kitobxonlari o'rtasida “Mutolaa madaniyati – taraqqiyot garovi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
📌Davra suhbati davomida kitob mutolaasining inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni, yoshlar ma’naviy kamolotida kitobning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Tadbir ishtirokchilariga muntazam kitob o‘qish inson dunyoqarashini kengaytirishi, bilim va tafakkurni rivojlantirishi haqida tushunchalar berildi.
