Davra suhbati
📚11-mart kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 1-umumta’lim maktabi hamkorlikda "Kitobxonlar klubi" a'zolari o'rtasida Oʻzbekiston xalq shoiri, “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni sohibi Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “She’riyatda Vatan nafasi” nomli davra suhbati tashkil qilindi.
📌 Davra suhbati davomida shoirning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning asarlarida aks etgan vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlar haqida suhbatlashildi. Tadbirda “Kitobxonlar klubi” a’zolari Abdulla Oripov ijodidan o‘zlari sevib mutolaa qilgan she’rlaridan parchalar o‘qib berdilar hamda shoir ijodi yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
