Davra suhbati
27-mart kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan Bog‘don MFY aholisi o‘rtasida aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish davra suhbati tashkil qilindi.
📌Tadbir davomida aholiga kitob o‘qishning ahamiyati, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish yuzasidan tushunchalar berildi. Ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda tegishli tavsiyalar berildi.
