Davra suhbati
📅 2-aprel — Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Forish tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 33-umumta’lim maktabi kutubxonachisi hamkorligida
📚 “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida “Kelajak yoshlar qo‘lida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, ularning bilim va dunyoqarashini boyitish hamda mustaqil fikrlashini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
🗣 Davra suhbat davomida:
Ishtirokchilar 📖 kitobning inson hayotidagi o‘rni va mutolaaning ahamiyati haqida fikr bildirdilar. O‘quvchilar o‘qigan asarlari yuzasidan taassurotlarini o‘rtoqlashib, 🎓 kelajakdagi orzu kasblari haqida ham so‘z yuritdilar.
