Davra suhbati
📚 7-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan faol kitobxonlar ishtirokida buyuk sarkarda, davlat arbobi va Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan “Sohibqiron merosi — millat faxri” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌 Davra suhbati davomida faol kitobxonlar tomonidan Amir Temurning boy ma’naviy merosi, uning davlat boshqaruvidagi dono siyosati 🏛, adolatparvarligi ⚖️, harbiy mahorati ⚔️ hamda kelajak avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
📖 Shuningdek, Sohibqironning mashhur “Temur tuzuklari” asari yuzasidan suhbat olib borilib, undagi hikmatli o‘gitlarning bugungi kundagi ahamiyati ✨ alohida ta’kidlandi.
