Davra suhbati
📚 8-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi 1-umumta'lim maktabi o‘qituvchilari hamkorligida faol kitobxonlar ishtirokida buyuk sarkarda, davlat arbobi va Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan “Amir Temur merosi — avlodlar uchun ibrat maktabi” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌Davra suhbati davomida Amir Temurning boy ma’naviy merosi, uning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, adolat va tartibga asoslangan siyosati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir ishtirokchilari Sohibqironning hayoti va faoliyati, uning bugungi yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni hamda vatanparvarlik ruhini shakllantirishdagi ahamiyati haqida o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdilar.
